-
Нет Отзывов
-
В избранные
Termiz – Denov yo‘nalishida yangi muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Aholiga qulay va sifatli transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz – Denov yo‘nalishi bo‘yicha yangi muntazam avtobus qatnovlari tashkil etildi.
Qatnov jadvali:
Termiz shahridagi “Manguzar” avtoshohbekatidan har kuni soat 14:00 da;
Denov avtoshohbekatidan Termiz yo‘nalishida har kuni soat 17:00 da.
Yo‘l haqi:
Termiz – Denov: 35 000 so‘m;
Termiz – Sho‘rchi: 30 000 so‘m;
Termiz – Qumqo‘rg‘on: 20 000 so‘m;
Termiz – Jarqo‘rg‘on: 10 000 so‘m.
Mazkur yo‘nalishda zamonaviy, shinam va barcha zarur qulayliklar bilan jihozlangan avtobuslar orqali yo‘lovchilarga xavfsiz va hamyonbop transport xizmatlari taqdim etiladi.
-
Заезд
-
Отъезд
Lokatsiya
Похожие автомобили
Russian