-
Нет Отзывов
-
В избранные
«O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati 1 fevraldan mamlakat ichida qator yo‘lovchi poezdlari chiptalari narxi oshirilishini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektr poezdlari va «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» yo‘lovchi poezdlari chipta narxlari 15 foizga ko‘tariladi.
Xususan, «Afrosiyob» uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent – Buxoro
- VIP – 1 138 000 so‘m;
- Biznes — 760 000 so‘m;
- Ekonom — 509 000 so‘m.
Toshkent – Qarshi
- VIP – 976 000 so‘m;
- Biznes – 642 000 so‘m;
- Ekonom – 429 000 so‘m.
Toshkent — Samarqand
- VIP – 709 000 so‘m;
- Biznes – 455 000 so‘m;
- Ekonom – 311 000 so‘m.
Kompaniya «Afrosiyob» narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlari ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektr poezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilayotganini qayd etgan.
Manba: https://kun.uz/kr/92973487
-
Заезд
-
Отъезд
Russian