Toshkentdagi Shayxontohur majmuasi

Shayx xovandi tohur majmuasi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15— 19-asrlar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-asrda koʻhna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqlidarchalariga koshinkori panjaralar oʻrnatilgan; xonalar gumbazlar bilan yopilgan, goʻrxonaning qoʻshqavatli gumbazi 12 qirrali asosga oʻrnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-asr) qurilgan. Uch masjid binosiminora, Eshon quli dodho madrasasi saqlanmagan.