-
Нет Отзывов
-
В избранные
Toyloq tumanida ekoturizm salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhiddinov, Toyloq tumani hokimi Behzod Rahmatullayev, viloyat Turizm boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Delegatsiya Ilmobod mahallasidagi o‘rmon xo‘jaligida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan turizm obyektlari loyihalari bilan tanishdi. Jarayonda ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Mutasaddilar tomonidan loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va ekologik muvozanatni saqlagan holda turizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
t.me/sam_turizm
-
Заезд
-
Отъезд
Russian