Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

«Haj» va «Umra»ga  borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

 

«Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026 yil 24 yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.

 

Mazkur hujjat bilan respublikamizda «Haj va Umra yagona portali» ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

 

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

 

2026 yil 1 fevraldan boshlab — «Haj» tadbiriga;

 

2026 yil 1 maydan boshlab — «Umra» tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

 

Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

"Haj"ga boruvchilar yagona portal orqali navbatga yozilishi kerak

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan (24.01.2026 №27) Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida e’lon qilingan qarorga muvofiq ziyoratchilar navbatini shakllantirish va nomzodlarni saralash jarayoni to‘liq raqamlashtiriladi.

 

Elektron navbat — Yangi tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan boshlab Haj ziyoratiga borishni istovchilar uchun «Haj va Umra yagona portali» yagona murojaat nuqtasiga aylanadi. Endilikda «qo‘lda yozilgan daftarlar» va mahalladagi «ichki navbatlar» o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.

 

Portalda ro‘yxatdan o‘tilgan vaqt soniyasigacha qayd etilib, fuqaroga shaxsiy navbat raqami SMS orqali yuboriladi. Har bir fuqaro o‘z navbatini onlayn kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Nomzodlarni saralash:

 

Avtomatik tekshiruv: Tizim nomzodning ilgari Hajga borgan-bormaganligini (belgilangan muddatlar asosida) va yoshini avtomatik tekshiradi.

 

Tibbiy filtr: Navbati kelgan nomzodlar davlat tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Faqatgina salomatligi jismoniy safar yuklamalarini ko‘tara oladigan fuqarolar navbatdagi bosqichga o‘tadi.

 

Jamoatchilik nazorati: Mahallalardagi Jamoatchilik kengashlari portalda shakllangan ro‘yxat asosida nomzodlar bilan manzilli ishlab, ularning ijtimoiy holatini o‘rganadi.

 

Manzil o‘zgarsa, navbat saqlanib qoladi Fuqaro boshqa viloyat yoki tumanga ko‘chib o‘tsa, uning yillar davomida kutgan navbati yo‘qolmaydi. Tizimda fuqaroning navbati uning shaxsiy identifikatsiya raqamiga (PINFL) bog‘lanadi va yangi yashash manzili bo‘yicha portalda avtomatik ko‘chiriladi.

REDUX
Был в сети: 04.02 00:29
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие